Geliogeofizika

Geliogeofizika (gelio… va geofizika) — quyoshda bo’ladigan jara- yonlarning geofizik hodisalarga ta’- sirini o’rganadigan ilmiy yo’nalish. Kuyoshning sokin holatdagi nurlanishi (unda faol jarayonlar yo’q vaqti) vaqt bo’yicha bir xil spektrning hamma diapa- zonidagi elektromagnit nurlanishidan (rentgen, ultrabinafsha, ko’rinuvchi, infraqizil va radiodiapazondagi) va korpuskulalarning kuchsiz oqimi (aso- san, elektron va protonlar)dan iborat. Yuqorida qayd etilganlardan er yuzasiga faqat ko’rinuvchi va radionurlanishlar etib keladi. Ko’rinuvchi nurlanishlar troposfera va gidrosferami kelayotgan asosiy quvvat (energiya)ni etkazadi va ularning issiqlik va dinamik holatini belgilaydi. Ultrabinafsha va roentgen nurlanishlar atmosferaning yuqori kat- lamlarini ionlashtiradi (ionosfera qatlamini hosil kiladi) va shu usul- da uzoq masofalarda qisqa to’lqinda radioaloqalar o’rnatish imkonini bera- Di. Korpuskulyar nurlanish erning radi- asion belbog’ini hamda Quyoshdan qarama- qarshi tarafga yo’nalgan er magnitos- ferasi dumini zarralar b-n to’latib turadi. Quyoshda faol jarayonlar paydo bo’lganida rentgen, ultrabinafsha va ra- diodiapazondagi nurlanishlar kuchayadi va korpuskulyar oqimlar sekundiga bir necha yuz km va undan ham yuqori tezlik- da purkala boshlanadi. Qisqa to’lqinli nurlanishlarning kuchayishi ionosfe- ra qatlamlarining zichligini oshiradi, bu esa erning kunduzgi qismida qisqa to’lqinda radioaloqalarning susayishi- ga yoki yo’q bo’lishiga va uzun to’lqinda radioaloqalarning yaxshilanishiga olib keladi. Korpuskulalar radiasi- on belbog’larni to’yintirib, o’zlari ham katta tezlanish oladi va er qutblarida atmosferaning ionosfera qatlamlariga etib keladi. Bundan radioaloqalarni buzadigan, qutb yog’do’sini va tungi OS- mon yorug’ligini kuchaytiradigan, zaryad- langan zarralar oqimining harakati natijasida magnit bo’ronlarini kel- tirib chiqaradigan anomal ionlashish paydo bo’ladi. Magnit maydonning to’lqinlanishi har xil elektr uskunala- rining tok o’tkazgichlarida induktsion tok hosil qilib bu uskunalarning ishi- ga xalaqit beradi. Korpuskulyar oqimlar Er atmosferasi tsirkulyasiyasi xarakte- rini ham o’zgartirib, er o’ziga oladi- gan issiqlikning umumiy miqdorini o’zgartirmagan holda uning er yuzida qayta taqsimlanishiga olib keladi, bu ob-havoning o’zgarib ketishiga olib ke- lishi xam mumkin. G. yordamida Quyosh kor- puskulalari b-n bog’liq bo’lgan elektro- magnit maydonlarning er biosferasi- dagi har xil o’zgarishlarga ta’siri ham o’rganiladi.