GELIOKONTSENTRATOR

GELIOKONTSENTRATOR (gelio…, lot. con. — birga, centrum — markaz, o’choq) — quyosh radiasiyasi zichligi- ni oshirish maqsadida quyosh nurlari- ni bir joyga to’plash (fokuslash) uchun mo’ljallangan qurilma; bir yoki bir necha ko’zgu yoki linzadan iborat. G.ning asosiy qismlari bikr (qattiq) biriktirilgan korpus va ko’zgu yoki linzalar to’plami. G.ning qaytaruvchi sirti paraboloid, ko- nussimon, toroidal, tarkibiy (har xil yassi ko’zgulardan iborat), ko’zgulinzali va b. ko’rinishda bo’lishi mumkin. Quyosh nurlarini to’plab, undan foy- dalanishga urinish qadimdan ma’- lum. Mas, Arximed, frantsuz olimlari T. P. Byuffon va A. L. Lavuazening yondirish qurilmalari, keyinchalik har xil shakldagi g.lar paydo bo’ldi. O’zbekistonda diametri 10 m li parabo- loid ko’rinishidagi g. 1946 y.da yaratil- gan. Shundan keyin Frantsiya, AQSh va Yaponiyada ham xuddi shunday paraboloid G.lar yasaldi. Ular bir-biridan Diame- tri b-n farq qilardi, xolos. Keyinchalik ko’zgularning umumiy yuzasi 20 ming m2 ga etadigan yirik g. ham paydo bo’ldi. G. quyosh issiqlik-kuch qurilmalari, quyosh energetika kurilmalari va b.da qo’llaniladi. Paraboloid G. yordamida hosil qilinadigan eng yuqori energiya zichligi 35-yu3 kVt/m2 (Quyosh sirtida nur energiyasi zichligi 74-yu3 kVt/m2) (yana q. Geliotexnika, Gelioqurilma).