Geliy nima?
Geliyning kashf etilishi ilmiy sarguzasht asarga o’xshaydi. 1886 yilda ingliz olimi Norman Lokiyer “spektroskop” asbobi yordamida Quyoshni o’rganayotgan edi. Bu asbob har bir elementning alohida mavjud bo’lishni aniйlashga imkon beradi, chunki har bir kimyoviy element muayyan bir spektr chizig’iga ega. Xullas, spektrda shu paytgacha noma’lum chiziq paydo bo’ldi, u esa o’shanga qadar yerda uchratilmagan yangi elementgagina xos bo’lishi mumkin edi! Yangi elementni “geliy” deb atashdi. Bu, yunoncha “Gelios” degan so’zdan olingan bo’lib, “Quyosh” ma’nosini anglatadi. Shundan keyin olimlar bu elementni yerdan izlay boshladilar. Vaqti kelib, ko’pdan-ko’p ilmiy tajribalar natijasida atmosferamizda geliy mavjudligi aniqlandi. Biroq g’oyatda kam miqdorda edi, ya’ni 247 350 kub metr havo tarkibida bor-yo’g’i bir kub metr geliyni uchratish mumkin edi! Boshqa tajribalar natijasida geliyning radiydan ajralib chiqishi va har xil zarralarning ajralib chiqishidan “alfa-zarralar ya’ni” juda katta harakat tezligiga ega geliy atomlari hosil bo’lishi aniqlandi. Geliy ancha foydali gaz ekanligi ma’lum bo’ldi. U juda yengil va juda katta ko’tarilish kuchiga ega. Geliy aytarli yong’in chiqarish xavfiga ega bo’lmaganligi sababli, undan harbiy va noharbiy maqsadlarda ishlatiladigan dirijabllarda, meteorologik zondlar va boshqa shu kabilarda foydalanish mumkin. Geliyning ahamiyatini tushungan AQSh hukumati uning tabiiy manbalarini qidira boshladi. AQShning, masalan, Texas, Nyu-Meksika va Kanzas kabi Shtatlaridagi ayrim tumanlarda tabiiy gaz qazib olinadi. Ma’lum bo’lishicha, bu gazlarning tarkibida 1 — 2 foiz geliy mavjud ekan. Geliy ishlab chiqarishning boshqa manbalari hozircha yo’qligi sababli AQSh jahondagi o’z geliysiga ega yagona davlat sanaladi! Dastlab bir kub metr gazning qiymati 70 000 dollar turgan bo’lsa, bugun bu narx ancha pastga tushdi. Siz geliyning tibbiyotda ham qo’llanishini eshitganmisiz? U diqqinafaslik astma xastaligiga shifo bo’ladi. Bundan tashqari, g’oyat katta suv chuqurliklarida ishlaydigan — mutaxassislar va g’avvoslarga “kesson kasalligi”ga chalinmasliklari uchun nafas olish aralashmasi beriladi, bu aralashma tarkibi esa geliy va kisloroddan iborat!