GEOFITLAR

GEOFITLAR (Geo… va Yunoncha Phyton — o’simlik) — yangilanuvchi kurtaklari va zaxira oziq moddalari yer osti organlarida to’planadigan ko’p yillik o’t o’simliklar (kartoshka, piyozguldoshlar, ildizpoyali bug’doydoshlar). Geofitlar o’simliklarning hayotiy shakllaridan biri bo’lib, kriptofitlar guruhiga kiradi.