Geraklit Efeslik

Geraklit Efeslik (Herakleitos Ephesios) (mil. AV. taxm. 544-483) — yunon faylasufi, Ioniya fayla- suflaridan biri. Oliy aristokrat- lar oilasida tug’ilgan. Falsafa ta- rixida birinchi bo’lib ob’ektiv dialektika tamoyillarini ko’rsatib bergan. Uning dunyoqarashiga Sharq falsafasi, xususan zardushtiylik falsafasi jiddiy ta’sir ko’rsatgan. G.ning asarlarida zardushtiy- lik, “Avesto”AA bayon etilgan g’oyalarga, qad. hind Upanishad- lariga oid lavhalar uchraydi. G.ning “tabiat haqida” asaridan biz- gacha 130 parcha (fragment) etib kel- gan. U bu kitobni juda murakkab tilda, ilmning mag’zini chaqa oladi- gan, farosatli va dono kitobxonlar- ga mo’ljallab yozganligini aytadi. G. olamni to’xtovsiz alangalanib va so’nib turuvchi olovdan iborat deb bil- Di. Uning fikricha, hamma narsalar olovdan paydo bo’lgan va hamma narsa olovga aylanadi. G. olovni olamning asosida yotuvchi birlamchi element, jon- li va aqlli kuch deb hisoblaydi, boshqa narsalar esa olovning turli shaklla- riga aylangan ko’rinishlaridir. Barcha narsalar olovning quyuqlashuvi va siy- raklashuvi oqibatida vujudga keladi. G. dunyodagi hamma narsa abadiy harakat ja- rayonida, hamma narsa tabiat qonuniyati — “Logos”ga bo’ysunib, oqib, o’zgarib tu- radi, deydi (mas, “ayni bir daryoga 2 Mar- ta tushib bo’lmaydi”, “biz ko’rib turgan har kungi Quyosh yangi Quyosh”, “biz o’zimiz ham har bir lahzada yangilanamiz”). G.ning eng muhim falsafiy g’oyasi — qarama-qarshiliklarning kura- shi va uyg’unligidir. Uning fikri- cha, o’zgarishlar qarama-qarshi kuchlar- ning ta’siri natijasidir, qarama- qarshiliklar abadiy kurashda, hamma narsa kurash va zaruriyat oqibatida Vu- judga keladi. G. ta’kidlashicha, urush — hamma narsaning otasi va podshosi- dir; u ayrimlarga xudolar, boshqalarga odamlar sifatida namoyon bo’ladi, ay- rimlarni u qulga aylantiradi, ayrim- larni esa qullikdan ozod qiladi. G. fikricha, olamni bilishning asosida sezgilar yotadi. Faqat tafakkurgina do- nolikka olib boradi. Sezgilar b-n idrok etiladigan har qanday mohiyat aqldan yashirina olmaydi. U olamdagi ro’y be- ruvchi jarayonlarning ichki mohiyatini stixiyali dialektika vositasida chuqur tahlil etib bera oddi. G. ta’limoti yunon falsafiy tafakkuriga katta ta’- sir ko’rsatdi. Bu ta’limotni stoiklar qabul qilib oldilar va ular orqali xri- stianlik va G’arb falsafasiga tarqaldi. Yangi davrda asosan Gegel, Shleyerma- xer, Lassal, Nisshe rivojlantirdilar. Baxtiyor To’raev.