Gersin burmalanishi

Gersin burmalanishi (va- ris, Varissiy burmalanishi) —Pale- ozoy erasi ikkinchi yarmi (devon oxiri —trias boshi)da sodir bo’lgan jarayon- lar majmui. Bu davrda po’sti er tarixi- da eng kuchli deformasiyalardan biriga uchragan. Paleozoy geosinklinallarida jadal burmalanish, tog’hosil bo’lishi va granitoidli intruziv magmatizm na- moyon bo’lgan va natijada burmali tog’ sistemalari —gersinidlar (gersin Evropasi deb atalmish G’arbiy Evropa, Ural, Tyanshan, Oltoy, Kunlun va b. burmalangan tog’sistemalari) vujud- ga kelgan. G. b. asosan ordoviksilurda va devonning boshida, unga nisbatan qadimroq bo’lgan bay kal asosida vujud- ga kelgan dengiz cho’kindilari, vulkan jinslarining qalin qatlami b-n to’lgan. Varissiy, varis burmalanishi termini- ni nemis olimi E. Zyuss fanga kirit- gan. G. b. ikki davrni o’z ichiga oladi. G. b.ning birinchi davri — Breton (Amerikada —akad) (devon oxiri — karbonning boshlanishi) — Appalachi tog’larida, Kanada Arktika arxipe- lagida, and tog’lari, Markaziy Osiyo (Kunlun) va G’arbiy Evropada paleozoy geosinklinalining Markaziy qismida namoyon bo’lgan. G. b. asosiy davri —Su- det (ilk karbon oxiri —o’rta karbon boshlanishi) —Evropa gersinidlari- ning burmali strukturalarining hosil bo’lishida, paleozoy davri geosinkli- nallarining burmalangan tog’sistemala- riga aylanishida muhim rol o’ynagan. G. b. dan keyin ilk bor G’arbiy, Markaziy va Jan. Evropa, Shim.-G’arbiy Afrika (Marokash Mesetasi), Shim. Kavkaz va Kavkazoldi, Ural, Tyanshan, Oltoy, Mon- goliya, katta Xingan, Appalachi va Uo- shito tog’lari, Kanada, Avstraliya Alp tog’lari va b. tog’tizmalari hosil bo’lgan. Shim. Amerika Kordilera tog’larida G.b. bir qancha ichki ko’tarilmalarni hosil kalgan gersin tog’hosil bo’lish jarayoni, shuningdek Evropaning shim.- g’arbi, Markaziy Krzog’iston, Oltoy-sa- Yan burmali oblastining Sharqiy qismi va b. joylardagi kaledon burmali ob- lastlariga ham tarqalgan. O’rta dengiz mintaqasi (Dinaridlar —Ellenidlar, Anadolu tog’liklari, Kavkaz va Hinduqush tog’larining Jan. yon bag’rilari va Mar- kaziy Pomir) da g. b. tugay boshlaydi, ammo shu mintaqaning G’arbiy va Jan.- Sharqiy Osiyo qismida Himolay tog’lari, Myanma, Malakka ya. o.gacha bo’lgan joylarda g. b. bir oz ko’tarilmalar, cho’kindi to’planish jarayonida esa ta- naffusli uzilishlar xolida bo’lgan. G. b.dagi granit hosil bo’lish qo’rg’oshin, pyx, mis, qalay, volfram, oltin, kumush, uran, ruda konlarining Evropa, Osiyo (Tyanshan va b.), Sharqiy Avstraliyada tarkib topishiga sabab bo’lgan. Gersi- nidlarning tog’oldi va tog’liklararo bu- kilmalarida yirik toshko’mir havzalari [Jan. Uels, Frank-Belgiya, Ukraina (Donesk), RF (Pechora, Kuznesk)], shu- ningdek tosh va kaliy tuzlari konlari (Ural oldi bukilmasi) bor.