GEYGER-MYULLER HISOBLAGICHI
GEYGER-MYULLER HISOBLAGICHI — yorug’lik va rent- gen nurlari, kosmik zarralar, a-, [$- zarralar, u-kvantlarni tekshirish uchun mo’ljallangan asbob. Dastlab (1908 y. da) X. Geyger va E. Rezerford a-zarralar uchun gaz-razryadli hisoblagichni loyihalashgan, keyinchalik X. Geyger va V. Myuller hisoblagichni mukammallash- tirgan. G. — M. h. germetik berk tsilin- drik idish bo’lib, uning o’qi bo’ylab in- gichka sim (katod) tortilgan. Tsilindrik idish (anod vazifasini bajaradi) 0,1 — 0,2 ATM bosimgacha gaz (havo, vodorod, geliy, argon va h. k.) b-n to’ldiriladi, unda zarralar tushadigan kichik teshik bo’ladi (1-rasm). G.—M. h. ni ulash sxe- masi 2-rasmda berilgan; bunda: Vo — gaz razryadi hosil qiluvchi boshlang’ich po- tentsial; g.—M. h. da potentsial V gacha (V = 500 — 1000 V) ortadi, hisoblagichga tushgan zaryadlangan zarra gazni ion- lashtiradi va tok razryad (chaqnash) hosil qiladi, natijada hisoblagichda 10′ — 10″6 s da bir juft ion paydo bo’ladi. Bu tok impulsi kuchaytirgichga beriladi, so’ngra elektromagnit hisoblagich uni qayd qiladi. G.—M. h. ga tushgan har bir zarra tok impulsini hosil qiladi va har safar qayd qilinadi (qayd qilish vaqti yu”4— 10″3 s). G. — M. h. fizi- ka, biol., tibbiyot, sanoat va texnikaning bir qancha sohalarida keng ishlatiladi. Shisha Nai v katod anod emirilish davri b-n a-zarra energiyasi orasida- gi bog’lanishni ifodalaydigan qonun; quyidagi formula b-n ifodalanadi: ]gT = C + -f=, IE bunda E — a-zarra energiya- si (MeV), T — yarim emirilish davri (s), Sva D — doimiy mikdorlar. Bu qonun katta ener-giyali ozarra chiqaruvchi yadroning yarim emirilish davri kichik bo’lishini bildiradi. X.Geygerva J. Nettol 1911 — 12 y. larda aniklashgan. G. — N. q. ba’zi elementlarning yarim emirilish davrini aniqlashda tatbiq qilinadi.