Gidratlanish

Gidratlanish – kimyoviy mod- dalar (molekula, atom yoki ionlar)ning suv b-n birikishi. G.da moddalar suvda eriydi. Tuzlarning gidratlanishi ko’p uchraydigan hodisadir, chunki tuzlar ionlardan iborat, ionlar esa kattagina elektr maydoniga ega bo’lgani uchun suv- ning qutbli molekulalarini o’ziga tor- tadi. Suvda erigan tuzning ayrim ion- lari xam gidratlangan bo’ladi. Ionlar gidratlanganda anchagina issiqdik AJ- ralib chiqadi. Ionlarning G. issiqligi eriyotgan tuz kristalining emirili- shiga ketgan issiqlik o’rnini bemalol qoplaydi,shuning uchun ko’p tuzlar eri- ganda issiqyaik ajralib chiqadi. Ion- larning elektrkimyoviy harakatchanligi va tuz eritmalarining boshqa ko’p xos- salari ionlarning gidratlanishiga bog’liq. G. reaktsiyalari tabiatda keng tarqalgan, undan lab. ishida va texnika- da, qurilishda keng foydalaniladi (mas, tsementning gidratlanishi, tsementning suv b-n kimyoviy reaktsiyaga kirishish jarayoni, bu reaktsiya natijasida tsement toshi yuzaga keladi). Tsement G. jarayoni- da suvsiz klinkerli minerallar — kal- tsiy silikatlar, kaltsiy alyuminatlar va kaltsiy alyumoferitlar, mos ravishda kristall gidratlarga — kaltsiy gidro- silikatlar, gidroalyuminatlar va gi- droferritlarga aylanadi. Tsementning G. tezligi uning tuyilish mayinligiga, qotish haroratiga, suv-tsement nisbati- ga, klinkerning mineralogik va kimyoviy tarkibiga, qorish uchun ishlatiladigan suv tarkibidagi qo’shimchalarga bog’liq buladi.