Gidrokimyo

Gidrokimyo (gidro.. va kimyo) — tabiatdagi suvlarning kimyoviy tarki- bini hamda ularning kimyoviy, fizik va biologik jarayonlar ta’sirida o’zgarish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan. G. geoki- Myo, gidrogeologiya va gidrologiya fanla- ri b-n chambarchas bog’liq. Petrografiya, mineralshunoslik, tuproqshunoslik, gidrogeologiya, gidrobiologiya va b. fan- larning rivojlanishida g.ning ahamiyati katta. Kimyoviy tarkibi va mineralla- nish darajasiga qarab tabiatdagi suvlar chuchuk (tuz 1 l da 1 g cha), taxir (tuz 1 l da 1 g dan ortiq) va sho’r (tuz 1 l da 50 g dan ko’p) suvlarga bo’linadi. Kation va ani- onlar miqdoriga kura, xloridli, sul- fatli, karbonatli yoki natriyli, mag- niyli, kaltsiyli suvlar buladi. Aholi yashayotgan joy, sanoat korxonalarini suv b-n ta’minlash, oqar suvlarni tozalash, neft, ruda konlarini qidirishda g.ning roli katta. G. yodli, bromli, radioaktiv, mineral suvlardan xalq xo’jaligida, tibbiyotda foydalanish yo’llarini ham o’rganadi. G. er osti suvlari tarkibi- ni o’rganish, baliqlarning tez-tez joy o’zgartirib turish sabablarini aniqlash va harbiy maqsadlarda ahamiyatli. Qadimdan odamlar suvlarning ta’- mi, rangi, hidi, issiq-sovuqligi, o’yuvchanligiga qarab turli maqsadlarda foydalanishgan. Abu Ali ibn Sino tur- li kasalliklarni davolashda tabiiy suvlardan foydalangan. O’zbekistonda tabiiy suvlar kimyosini o’rganishga F. O. Mavlonov, M. Sultonxo’jaevlar katta hissa qo’shdi.