GIDROTEXNIK MELIORASIYA

GIDROTEXNIK MELIORASIYA -tuproqning noqulay suv-havo va tuz re- jimi (qurg’oqchilik ortiqcha namlik va b.)ni tubdan yaxshilashga mo’ljallangan injenerlik-texnika tadbirlari maj- mui. O’rta Osiyoning sug’oriladigan zonalarida g.m.ning quyidagi turla- ri qo’llaniladi: sug’orish, yaylovlar- ni suv b-n ta’minlash, erlarning za- xini qochirish, ortiqcha er osti suv- larini chiqarib yuborish, tuproqni sho’rsizlantirish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash, Daryo oqimini tartibga so- lish va boshqalar g.m. qishloq xo’jaligi meliorasiyasining boshqa turlari b-n birga tuproqning tuz va suv rejimini boshkarishga imkon beradi, q.x. ishlab chiqarishning barqarorligini ta’min- laydi, suv va er resurslaridan unum- li foydalanish imkoni-yatini yaratadi. G.m. tadbirlarini amalga oshirish maqsadida gidrotexnika inshoot- lari quriladi, ularning ishlashi sug’oriladigan erlar suv balansining kirim (suv manbalari) va chiqim (sarf- lari) qismlari ko’rsatkichlarini tubdan o’zgartirib yuboradi. Sug’oriladigan erlarga (sug’oriladigan hudud b-n bir- ga) suv chiqarish va uni taqsimlashni ta’minlovchi injenerlik inshootlari va qurilmalar turkumi sug’orish tizi- mini tashkil etadi. Daryolar oqimini tartibga solish uchun ularning o’zani chuqurlatiladi va kengaytiriladi, to’g’on va ko’tarmalar, suv omborlari quriladi. Sho’r bosgan erlarda sho’r yuvishga ish- latilgan suvlar kollektor-drenaj tarmoqlari orqali chiqarib yuboriladi (q. Drenaj). Suv eroziyasiga qarshi ku- rash maqsadlarida tog’yon bag’irlarida suv yig’uvchi kanallar qaziladi, teras- Salar yasaladi, ekin ekiladigan erlarni seldan saqlash uchun seldan himoya vosi- talari qo’llanadi, selxonalar quriladi. G.m. tashkiliy-xo’jalik va agrotexnika tadbirlari (almashlab ekish, q.x. ekin- lari etishtirishda ilg’or agrotexnika) b-n birga olib bori lad i, q.x. melio- rasiyasining kimyoviy meliorasiyasi, agroo’rmon meliorasiyasi va b. turlari b-n birgalikda q.x. ishlab chiqarishi tabiiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yagona kompleksiga kiradi. Ad.: Selskoxozyaystvennie gidro- texnicheskie meliorasii, Kiev, 1977. Odil Qodirov.