Gidrotexnika

Gidrotexnika (gidro… va texni- ka) — texnikaning suv resurslari (Daryo, ko’l, dengiz, okean, er osti va atmosfera, suvlari)dan xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va suv keltiradigan zararlarga qarshi kurashish hamda shu maqsadlar uchun ishlatiladigan gidro- texnika inshootlarini loyihalash va qurish masalalari b-n shug’ullanadigan sohasi. G. fan sifatida gidrologiya, gi- drogeologiya, gidravlika, gidromexani- ka, tuproq mexanikasi, qurilish mexa- nikasi, muxandislik geologiyasi va b.ga tayanadi. G. suv oqimlarining gidrotex- Nika inshootlari va o’zanlarga ta’siri- ni, suvning o’piruvchi, emiruvchi ta’sir- laridan himoyalash usullarini o’rganadi; daryolar oqimini rostlash usullarini ishlab chiqadi; gidrotexnika inshootla- ri va asoslarining chidamlilik nazari- yasini ishlab chiqadi va b. G. sohasidagi nazariy izlanishlar gidrotexnika in- shootlarini lab.larda modellarini yasab, sinovdan o’tkazib, ularni hisoblash va qurish usullarini yaratishga imkon beradi. G. amaliyotda suv energiyasidan foydalanish (q. Gidroenergetika), q. x. erlarini meliorasiyalash, sanoat va b. ob’ektlarni suv b-n ta’minlash, aholi yashaydigan punktlar va korxonalarning hududlaridan ortiqcha, oqova va iflos- langan suvlarni chiqarib yuborish (q. Ka- nalizasiya), aholi yashaydigan punktlar, korxonalar, inshootlar va q. x. erlarini toshqinlardan saklash b-n shug’ullanadi. G. qadim zamonlarda paydo bo’lgan. O’zbekistonda ham qadimdan korizlar, sardobalar, to’g’onlar, qaynamalar, AK- veduklar, kanallar qurilgan, erning sho’ri yuvilgan, Sirdaryo va Amudaryo vo- diylarida gidrotexnika inshootlari barpo qilingan. Sirdaryoning tog’va tog’etagi qismlarida katta-kichik soy (Chortoqsoy, Kosonsoy, Isfaramsoy, Shohimardonsoy) va daryolar (Isfara, Chirchiq, Ohangaron)da ko’pgina kanal- lar qurilib, dehqonchilik qilishgan. Sirdaryo havzasidagi bir qancha soy (Shahrixonsoy, Marg’ilonsoy, An- dijonsoy) va kanal (zax, Iskandar, Bo’zsuv, Salor, Xon va b.)lar, Surxon- Daryo, Qashqadaryo va Zarafshon vodiy- larida, Janubiy Xorazm hamda qora- qalpog’istonda qurilgan bir qancha kanal va inshootlar bizgacha saqlanib kelgan. Sharqning ulug’allomasi Axmad al- Farg’oniy Nil daryosiga suv sathini o’lchaydigan g. inshootini qurgan. O’rtaosiyolik Muhammad Latif o’g’li Hasan 18— 19-a.larda Samarqandda Obirahmat arig’ini, Zarafshonda ming- dona arig’ini qazdirgan va 445 ga erga suv chiqargan. G’uzordagi dasht erlarga koriz qazdirib, 800 tanob erni o’zlashtirgan. Xorazm, Turkmaniston, Zarafshon vo- diysi va b. joylarda muhandislik echimi nihoyatda mukammal bo’lgan qadimiy to’g’onlar, kanallar va gidro- texnika inshootlari barpo etilgan. O’zbekistan Respublikasida G. fanini rivojlantirishga O’rta Osiyo irrigasiya ilmiy tadqiqot in-ti (sani-iri), O’zbekiston Respublikasi FA ning suv muammolari in-ti, Toshkent irrigasiya va q. x.ni mexanizasiyalash muhandislari in-ti va bir qator loyihalash in-tlari olimlari (R.A. Alimov, A.M. Muxame- dov, Z.R. Husanxo’jaev, P.P. Abduraupov, X.A. Irmuhamedov, E.J. Mahmudov, X.A. Ismoilov, M.R. Baqoev, V.A. Skrilni- kov va b.) salmokli hissa qo’shdilar. O’zbekistonda 53 suv ombori, 41 GES, 1456 nasos st-yasi, 134 ming km zovurlar, 30 ming km xo’jaliklararo kanallar, 156 ming km ichki tarmoq kanallari qurilgan bo’lib, 4,3 mln. ga er maydonini sug’oradi. Masharip Baqoev, Shavkat Rahimov.