Gidrouzel, gidrotexnika inshootlari uzeli

Gidrouzel, gidrotexnika inshootlari uzeli —joylashishi va uyg’unlikda ishlash sharoitlari bo’yicha Birlashgan gidrotexnika inshootlari guruhi. Aso- siy vazifasiga ko’ra gidroenergetika (Chirchiq daryosidagi G’azalkent, sirda- ryodagi Farhod); energetika, sug’orish, suv ta’minoti, baliqchilik xo’jaligi uchun daryodan suv olishni ta’minlay- digan suv olgichlar (Sux daryosidagi Sariqo’rg’on va b.); Daryo oqimini tartib- ga soladigan (Chirchiq daryosidagi Chorvoq, Qoradaryodagi Andijon); suv transporti G. va b. guruhlarga bulinadi. Aksariyat G. bir yo’la bir qancha suv xujaligi va- zifalarini hal qilishni mo’ljallab quriladi (Vaxsh daryosidagi To’xtag’ul —sug’orish, energetika, oqimni tartib- ga solish; Amudaryodagi Tuyamo’yin — sug’orish, oqimni tartibga solish). G. past bosimli (to’g’on oldidagi suv chuqurligi — bosim farqi 15 m dan oshmaydi), o’rta bosimli (bosim farqi 15-50 m) va yuqori bosimli (bosim farqi 50 m dan yuqori) buladi. Past bosimli g. asosan suv olish va transport extiyojlariga, tog’ daryolarida energetikaga, yuqori va urta bosimli g. esa energetika, irrigasiya va transport maqsadlariga muljallanadi. G. tarkibiga asosiy va yordamchi inshootlar kiradi. Asosiy inshootlar: zarur bosim- ni hosil qiluvchi to’g’on, suv ombori; suv tashlagich-obpartov (shaxtasimon, sifon- li, minorali, tunnelli va b.), bahordagi oshiqcha toshqin suvlarni quyi befga (to’g’on ortiga) tashlashga hamda suv ombo- rini bo’shatish maqsadida suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi; to’g’on oldi- da hosil bo’luvchi oqiziq cho’kindilarni yuvish uchun mo’ljallangan qurilmalar; rostlagich yoki tekislagich —to’sqich va oqim yo’naltirgich dambalar, tekislay- digan va qirg’oqni mustahkamlaydigan inshootlar; asosiy inshootlarni qirg’oq b-n yoki konstruktsiyalarning ayrim ele- mentlarini o’zaro bog’laydigan birlash- tiruvchi inshootlar (tutash dambalar, tirgaklar, bo’lgich ustunlar va b.); yuqori befdan muz parchalarini chiqarib tash- laydigan, muhim qismlarini muz bosi- midan va muz parchalarining tiqilib qolishidan saqlaydigan muzdan saqdagich yoki muz to’sgichlar; maxsus inshootlar (GES, kema shlyuzlari, baliq o’tkazgichlar va b.) Yordamchi inshootlarga ma’muriy- xo’jalik binolari, yo’llar, vodopro- VOD va sh. k. kommunikasiyalar kiradi. G. asosiy inshootlarining mutano- sib joylashtirilishi suv xo’jaligi maqsadlariga qulay bo’lishi (suvni qulay va muntazam o’tkazishi, inshootlar- ning o’zaro muvofiqligini ta’minlashi) kerak. Ayni paytda g. estetik talablarga ham javob berishi lozim. O’rta Osiyodagi G.ning ko’pchiligi at-rofidagi tabiat b-n uzviy bog’langan me’moriy majmuani tashkil etadi (mas, Zarafshon daryosida- gi Oqdaryo-Qoradaryo, Isfayramsoydagi Polmon, Norin daryosidagi Uchqo’rg’on, Qoradaryodagi Kuyganyor va b. G.lar). Sug’orma dehqonchilik sharoitlari- da suv taqsimoti va suv resurslari- dan samarali foydalanishda g.ning ahamiyati katta. Toshqinlar, muzlik va qorliklarning tez erishi, yog’inlar dav- rida suv g.ning suv omborida yig’iladi. To’plangan suv daryolarda suv kamayib, ekinlarni sug’orish davom etayotgan davr- da kanallarga beriladi. Suv kamchil yillarda g.lar suv omborlari b-n bir- ga uzluksiz sug’orishni ta’minlaydi. Masharip Baqoev.