Gilos

Gilos (Cerasus avium L.) — Ra’no- guldoshlar (Atirgullilar oilasi)ga man- sub danakli meva daraxti. Yovvoyi holda O’rta va Jan. Evropa, Eron, Kavkaz, Ukra- ina, Moldovada uchraydi. Evropa mamla- katlari, Turkiya, Eron, Afg’oniston, Xi- toy, Yaponiya, Ukrainaning Jan., Kavkaz, Boltiqbo’yi va O’rta Osiyoda ekiladi. G. daraxtining bo’yi 10-15 m (ba’zan 30 m gacha boradi), shoxlari qalin, yoyi- lib o’sadi. Bargi cho’ziq-tuxumsimon, to’q yashil. Guli oq, ikki jinsli, gulbandi uzun. Mevasining shakli dumalo q, yurak- Simon, eti shirali, sirti tekis. Eng er- tagi danakli meva. Tarki-bida 7-15% qand, 0,36—1,1% kislota, vitaminlar, 0,2% oshlovchi va 0,7% gacha pektin modda- si bor. Yangiligida iste’mol qilinadi, kompot, murabbo, tayyorlanadi. G. asal beradigan o’simliklar qatoriga kira- Di. Danagi mag’zida 30% gacha parfyume- riya sanoatida ishlatiladigan moy bor. G. unumdor, nam, mo”tadil erlarda yaxshi o’sadi, yorug’lik va issiqlikka talabchan. Ko’chati ekilgandan keyin 4— 5-yili hosilga kiradi. Daraxti 100 yilgacha yashaydi, tupi 150-300 kg hosil be- radi. Asosan mart—apr.da gullaydi, may—iyunda pishadi. Yozi issiq xudud- larda yaxshi o’smaydi. Namga talabchan. Asosan magellab olchasi yoki yovvoyi olchaga payvandlab ko’paytiriladi. Ko’chati sug’orilib, tagi yumshatilib turiladi. G. yoshartirish maqsadida 2-3 yillik shoxlari Butalib, darax- ti qo’shimcha oziqlantiriladi. G. uchun ayniqsa elim oqish kasalligi g’oyat xavfli. Erta bahor va yozda insekti- tsidlar va fungisidlarning biron turi b-n 2— 3 marta ishlov beriladi. Navlari. G.ning 100 ga yaqin navi ma’lum. O’zbekistonda G.ning sav- ri surxoni, qora gilos, sariq gi- Los, Bahor, Revershon, sariq dro- Gana, Chkalov navlari ko’p ekiladi. Sultan Xolnazarov.