Ginekologiya

Ginekologiya (Yun. gynaikos — ayol va …logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining o’ziga xos anatomik-Fi- ziologik xususiyatlarini hamda ular- ning jinsiy a’zolari kasalliklarini o’rganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz ko’rishi, bola tug’ishi, shuningdek, bola tug’ish va hayz ko’rishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tug’maslik sa- bablari, ularning oldini olish va da- volash yo’l-yo’riqlarini ham o’rganadi. Umumiy va xususiy g. farq qilinadi. Umumiy G. ginekologik kasalliklarning simptomlari, tashhisi, ularning oldini olish va davolash; xususiy g. esa ayollar jinsiy sistemasining ayrim kasalli- klari, ularning o’ziga xos jihatlari va belgilari, tashhisi, oldini olish hamda davolashni o’z ichiga oladi. G. akusherlik b-n chambarchas bog’langan. G. 19-a.ning o’rtalarida mustaqil fan sifatida tashkil topdi. Anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, mikro- biologiya, endokrinologiya, jarrohlik va b. fanlar g.ning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. G.ning ta- rixi juda qadimga borib taqaladi. Misr, Hindiston, Yunonistonning qad. qo’lyozmalarida g.ga oid ma’lumotlar kel- tirilgan. G. tushunchasi Gippokrat, Gero- fil kabi yunon vrachlarining asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Ibn Siioning “Tib qonunlari”da bir qancha gineko- logik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni aniqlash, davolash va oldini olish yo’llari bayon etilgan. Toshkentda Hadra dahasida O’zbekistonda birinchi ayollar va bolalar shifoxona- si ochilishi (1880), O’zbekistonda aku- sher-ginekolog vrachlar tayyorlana bosh- lashi, 1927 y.da onalik va bolalikni muhofaza qilish i.t. instituti, O’rta Osiyo un-ti (1921), toshti (1931; 1940), Samti (1934) hamda vrachlar malaka- sini oshirish in-tida (1950; I960) aku- sherlik va ginekologiya kafedralari faoliyat ko’rsata boshlashi g. va akusher- lik sohasining fan sifatida rivojla- nishiga olib keldi. Bunda O’zbekistan FA akad. I. 3. Zokirov, prof. A. A. Kogan, A. A. Krdirova, O. Mirsoatov, Yu. K. Jabborova va b.ning salmoqdi hissalari bor. Qizaloqlar va bo’yi etib qolgan qizlar kasalliklarini o’rganish jadal olib borildi; ularning jinsiy etilish jarayonini o’rganish, jinsiy a’zolaridagi nuqsonlar, qayz ko’rish jarayonidagi o’zgarishlar hamda kasalli- klarini erta aniqlash va davolash keyin- gi hayotida ro’y berishi mumkin bo’lgan noxush xrlatlarni o’z vaqtida bartaraf etish imkonini beradi. O’zR da bepusht- lik muammosi o’rganildi va uni davolash maqsadida jarroxdik usuli qo’llanildi (A. A. Sholoxova). Homiladorlikning ilk davridayoq tashhis qo’yish, tug’ruqqa tayyorlash, shuningdek, tug’ruq b-n bog’liq bo’lgan xrrdiq muddatini o’zgartirish; O’zbekistan iqlimi sharoitida homiladorlikning yurak-qon tomir ti- zimiga ta’siri o’rganildi. Abort payti- da infektsiya tushishining oldini olish va davolash, patogenez muammolari va bola tushish sabablarini o’rganishga oid qator tadqiqotlar o’tkazildi. Gemostaz- ning o’ziga xos xususiyatlari va kamqon homilador ayollarda quvvat almashinu- VI hamda bola ko’rish orasidagi mud- dat ko’rsatkichlari o’rganildi va ilmiy jihatdan asoslab berildi. Akusherlik qon ketishlarining oldini olish va uni davolash masalalari ishlab chiqildi. Xotin-qizlar i.ch.ning turli sohalarida faoliyat ko’rsatayotganlarini nazarda tu- tib, ko’chma ginekologik tekshiruv, ayol- larni rejali profilaktik ko’rikdan o’tkazish yo’lga qo’yildi. O’zRda Akusher- lik va ginekologiya, Pediatriya i.t. insti- tuti, tibbiyot in-tlari, vrachlar malaka- sini oshirish in-ti hamda yirik kasal- xonalarning ginekologiya bo’limlarida G. masalalarini hal etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib boriladi. Tosh- kent sh.da Respublika hamda 2 ta shahar perinatal markazi, shuningdek, yirik i.t. institutlari va oliy o’quv yurtlari qoshida skrinning markazlari tashkil etilgan. Bular onalar o’limini bir necha marta kamaytirishga imkoniyat beradi. Ad.: Qodirova A. A. va b., Ginekologiya, T., 1997. Berdimurod Saidqoriev.