Ginnesning rekordlar kitobini nima maqsadda o’ylab topishgan?
Avvalboshida mazkur kitob qiziq ishlar, kulguli hodisalar va shunchaki g’ayrioddiy voqealar haqidagi xabarlarning to’plami va bir vaqtning o’zida XX asrning boshlarida vujudga kela boshlagan — har yilgi ma’lumotnomalarga parodiya sifatida bo’lishi mo’ljallangan edi. Uni ham xuddi telefonlar ma’lumotlari singari ko’ngil ochadigan va istirohat qiladigan joylarda tarsatit taxmin qilingan edi. Dastlab kitobning g’alati voqealar haqida maroqli hikoya qilib berish tarzi yoqib qolgan pivoxonalar sohiblari uni sotib ola boshladilar. Ammo bora-bora Ginnes kitobiga faqatgina qandaydir ahamiyatga molik bo’lgan va garchi nihoyatda o’rinsiz bo’lsa-da turli-tuman rekordlar o’rnatish bilan bog’liq voqealar tanlab kiritila boshladi. Binobarin, masalan, bu kitobda o’zining butun umri davomida tirnog’ini o’stirish bilan mashg’ul bo’lgan odamlar haqida ham axborotlar jamlangan. Oxirgi nashrida faqat qulog’ining chimchilog’i va barmoqlari orasidagi terini “yalang qoldirgancha” tanasini ignatasvir bilan bejagan bir kishi xususida nasl qilinadi. Kitob adadini ham bugun o’ziga xos rekord deb hisoblash mumkin. 1995 yilda kitobning 41 nashri 37 tilda 76 million adadda bosilib chiqdi. Endilikda rus tilida ham Rossiyadagi rekordlar qayd etilgan maxsus kitob nashr etilayotir.