Giperinflyasiya

Giperinflyasiya (Yun. giper… va lot. infl atio — ko’tarilish) — tovarlar narxining shiddat b-n kutarilishi, muo- maladagi pul massasining ko’payishi; pul birligi qadrining keskin pasayishiga, to’lov muomalasining izdan chiqishiga, odatdagi xo’jalik aloqalarining uzi- lishiga olib keladi. Odatda narxning o’sish darajasi oyiga 1,5 barobar yoki 50% ga etganda g. jarayoni boshlangan hisoblanadi. G. b-n inflyasiya o’rtasidagi chegarasini aniqlash juda qiyin. G.ning yana bir muhim belgisi — korxona, tash- kilotlar va aholi nima qilib bo’lsa ham pulni tovarga aylantirishga urinadi, tovar sotib olish mumkin bo’lgan, qadri yuqori pul — valyuta yig’a boshlaydi. G. sharoitida narx-navoni mutlaqo tartib- ga solib bo’lmaydi, barter avj oladi, pul o’z vazifalarini bajarmay qo’yadi. G. iqtisodiy tanglik belgisidir. G. aksariyat hollarda o’ta tasodifiy siyo- siy va iqtisodiy omillar — urushlar, iqtisodiy tanazzul, xukumat siyosati tu- fayli aholining pulga ishonchsizligi va b. natijasida kelib chiqadi. 20-a.ning 20-y.lari boshida Germaniyada va ikkin- chi jahon urushi davrida Xitoyda yaqqol kuzatilgan. G.ning oldini olish uchun shoshilinch holda inflyasiyaga qarshi cho- ralar ko’riladi.