GIPERNEFROMA

GIPERNEFROMA (giper… va Yun. hephros — buyrak) — buy- rak qilnaychalarining epiteliy hujayrasidan o’sib chiqadigan xavfli o’sma (buyrak raki). Kasallik zimdan boshlanadi. Bemor o’zini noxush seza- Di, tez charchaydi, darmonsizlik, ishtaxa va kayfiyatning aynishi kabi belgilar asta-sekin zo’raya borib, keyinchalik bel sohasi simillab og’riy boshlaydi, ba’- zan og’riq bo’lmaydi. Goho bemorning harorati ko’tarilib, qon bosimi ortadi. Siydikda eritrositlar paydo bo’ladi, qon deyarli kam uchraydi. Kasallik ul- tratovush tashhis va rentgen tekshiruvla- ri asosida aniqlanadi. Kimyoviy terapiya hamda jarrohlik usuli qo’llaniladi.