GIPSOMETRIK USUL
GIPSOMETRIK USUL (Yunoncha Hypsos -balandlik, metreo — o’lchayman) — Geografik xaritalarda yer yuzasi relefini gorizontallar yordamida tasvirlash usullaridan biri. Xaritaning vazifasi, masshtabi va joy relefining xususiyatiga qarab, ma’lum balandlikni belgilaydigan gorizontallar yoki izogipelar (mutlaq balandligi bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar) o’tkaziladi.