Glikogen

Glikogen (Yun. glykys — shirin va genes — tug’ilgan) — ko’p tarmoqli poli- saxarid; molekulasi a-D-glyukopiranoza qoldiqlaridan iborat amorf mahsulot. Mol. m. 106-109. Tuzilishi jihatidan kraxmalga o’xshaydi. Tirik organizmda o’simliklardagi kraxmal kabi funktsi- yani bajaradi. Ko’pchilik tirik orga- nizmlarning tez safarbar qilinadigan energiya resursi. G. umurtqalilarning asosan jigari (2-6%) va muskul- lari (2%)da to’planadi. Achitqilar, ayrim zamburug’lar va suv o’tlarida, makkajo’xorining ayrim navlari don- larida ham topilgan. G.ning parchala- nishi — glikogenoliz fosforolitik (fosforilaza fermenti ta’sirida) va gidrolitik (amilaza fermenti ta’- sirida) yo’l b-n amalga oshadi. G. fos- forilazasi maxsuloti — glyukozo-1 -fosfat fosfoglyukomutaza ta’sirida izomerlanib, glyukoza-6-fosfatga ayla- nadi. Umurtqalilar jigarida glyukozo- 6-fosfatning ancha qismi glyukozo-6- fosfataza b-n gidrolizlanib, erkin glyukoza hosil qiladi va qonga o’tadi.