Gliserin

Gliserin (Yun. glykeros — shi- rin) — 1, 2, 3-propantriol, NOSN2 — SNON—SN2ON — uch atomli oddiy spirt; rangeiz, hidsiz, shinniga o’xshash, chuchmal suyuqlik; mol. m. 92,09, zichli- gi 1260 kg/m3, suyuklanish t-rasi 17,9°, qaynash t-rasi 290°, suvga, metil va etil spirtlarga, atsetonga aralashadi, spirt b-n efir yoki xloroform aralashmasi- da eriydi; yog’, benzin, benzol, uglerod sulfidda erimaydi. Organik va anor- ganik moddalarni, mas, tuz, ishqor, sha- karlarni eritib yuboradi; havodan suv yutadi (og’irlik jihatidan 40% gacha). Suv b-n aralashtirilsa issiqlik ajra- lib chiqib, kontraktsiya (hajm kamayishi) hodisasi kuzatiladi. Boshqa spirtlar kabi metall gliseratlar hosil qiladi. G.ga mineral kislotalar ta’sir etti- rib efirlar olinadi, mas, nitrat va sulfat kislotalar aralashmasi ta’- sir ettirilsa, nitrogliserin hosil bo’ladi. G. tabiiy yog’va karbon kislota- larning trigliseridlari aralashmasi- dan iborat moylar tarkibida bo’ladi. Sanoatda oziq-ovqat yog’larini turli ka- talizatorlar (kislotalar, ishqorlar, fermentlar) ishtirokida sovunlash yo’li b-n olinadi. Hozir G.ni sintez yo’li b-n propilendan olish alohida ahamiyat kasb etmoqda. G. organizmda yog’lar va fosfatidlarning parchalanishidan hosil bo’lib, yog’va uglerod almashinuvi- da bog’lovchi vositasini o’taydi. Yuqori yog’kislotalarining trigliseridlari hayvon va o’simlik yog’larining asosini tashkil etadi. G. nitrogliserin, glif- tal smolalar i.ch.da, matolar, teri va qog’ozni yumshatuvchilar, emulgatorlar, antifrizlar, surkov moylari, poyabzal moylari, sovun va elimlar, atir-upa va kosmetik preparatlar, tibbiyot mazlari, likyorlar, qandolat mahsulotlari kompo- nenti sifatida qo’llaniladi.