Gnostisizm
Gnostisizm (Yun. gnostikos — bi-luvchi) — 1-3-a.larda Rim imperi- yasida tarqalgan diniy-falsafiy oqim. Uning tarafdorlari o’z diniy e’tikrd- larining asl mohiyatini “bilib olishga” intilishgan. G. iudaizm diniy tafakku- ridan tashqari Bobil, Misr va b. Sharq mamlakatlaridagi diniy-mifologik ta- savvurlar b-n ham chatishib ketgan. Bunga stoiklar (q. Stoisizm), neoplatonizm va neopifagoreizm vakillarining falsa- fiy g’oyalari ham qo’shilgan. Gnostiklar xristianlik aqidalarini Sharq mamla- katlaridagi diniy-falsafiy bilimlar b-n bog’lashga intilgan. Asosiy vakil- lari — misrlik Valentin (2-a.), Suriya- lik Vasilid (2-a.). G. olamni dualistic (q. Dualizm) nuqtai nazardan tushunti- radi. Uning manbai zardushtiylik fal- safasidagi yorug’lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurashni ifoda- lovchi dunyoqarashga borib taqaladi. Gno- stiklar fikricha, yaxshilik va yorug’lik Xudoning ne’mati, yomonlik va zulmat esa materiyadan kelib chiqadi. G. tarafdorla- ri xristianlik aqidalaridan chetlanadi- lar. Ularning fikricha, agar Xudo yaxshi va adolatli bo’lsa, nega olamda yovuzlik- ning, adolatsizlikning paydo bo’lishiga yo’l qo’yadi? Xristianlikda bu muammo olamning yaratuvchisi va yaratuvchining bu olamga gunohni joylashtirganligi haqidagi tasavvur orqali hal etiladi. Bu olamdagi gunohdan faqatgina Isoga e’tiqod yo’li b-ngina saqianish mumkin deyiladi. Gnostiklar Isoni tan olsa- larda, u haqidagi Bibliya rivoyatlarini rad etadilar. Gnostiklar ta’kidlashi- cha, gunohkorligi uchun inson aybdor emas, chunki har bir individning joni yaxshilik va yomonlik, adolat va zulm o’rtasidagi kurash maydonidir. Inson bu kurashni kuzatib turadi va shu asosda olamning mohiyatini anglaydi, unga tu- shunib etadi. Xudoning Iso timsolida insonga aylanishi va insonga qo’shilishi xristianlikning buyuk sirlaridan bi- ridir. Bu ta’limot bo’yicha Xudo va b. g’ayritabiiy ilohiy kuchlar b-n qo’shilib ketish (ya’ni Xudo b-n ekstatik qo’shilish) va ularni anglash sog’lom aql va mantiqdan tashqari, tushuntirib bo’lmas tarzda va ongsiz sodir bo’ladi, uni ra- tsional yo’l b-n emas, balki irrasional, g’ayritabiiy yo’l b-n anglash mumkin. Xudoni bilishning bunday murakkab va chigal uslubi xristian aqidalarining asoslariga xavf sola boshladi, Bibliya matnlarini allegorik tarzda kufrona talqin etishga yo’l ochdi. Bunday holat 2-a. oxiriga kelib rasmiy cherkovning g.ga qarshi kurash olib borishiga sabab bo’ldi. Baxtiyor To’raev.