Golden Delishes

Golden Delishes — kechpishar olma navi. 1890 y.da Sharqiy Virginiya shtati (AQSh)dan keltirilgan. P.P. Shre- der nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. in-tining Samarkand Fi- lialida navga ilmiy tavsif berilgan. Amerika va Evropa davlatlari (Fran- tsiya, Italiya, Gollandiya, Avstriya, bol- gariya, Ruminiya va b.) bog’dorchiligida etakchi navlardan hisoblanadi. Daraxti kuchli usadi, keng shox-shabbali, ko’proq palmasimon shakl oladi, novdalari sarg’imtir-ko’kish. Bargi o’rtacha, bandi- dan uchiga tomon o’tkirlashib boradi. Gullari o’rtacha, qirmizi rangda. Apr.da gullaydi (11 — 14 kun). Unga Toshkent borovinkasi, Simirenko, Jonatan kabi navlar yaxshi changlatuvchi hisoblanadi. Mevasi yirik (130-150 g), silliq, sariq-tillarang, mevabandi uzun, eti shirin, muloyim, sersuv va xushbo’y, sent. boshlarida terib olinadi. Har yili hosil qiladi. Ko’chati ekilgandan so’ng pakana payvandtaglarda 3-4 yili, kuch- li o’sadiganlarida 5-6 yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidamli. O’zbekistonda iliq iqlimli tog’li hududlarda sanoat- bop nav sifatida ko’plab ekiladi (yana q. Olma).