GOMRUL

GOMRUL (inglizcha Home Rule, aynan — o’z-o’zini boshqaruv) — Irlandiyani Buyuk Britaniya imperiyasi doirasida o’z-o’zini boshqarish dasturi; 1870-yillarda ilgari surilgan. Gomrul uchun harakat rahbarlari I. Batt, Ch.S. Parnell, J.E. Redmond va boshqalar. Faqat 1919-21 yillardagi ozodlik urushidan so’nggina Irlandiya dominion bo’lgan (1921 yildagi ingliz-irland bitimi); ammo shim. Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgan.