Graf

Graf (nemischa Graf)-ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada joylardagi qirollik mansabdori. Unvon IV asrda Rim imperiyasida paydo bo’lgan. Franklar davlatida VI asrning 2-yarmidan o’z okrugi (graflik)da sudlov, ma’muriy va harbiy hokimiyatga ega bo’lgan. Pavel II Taqirboshning 877 yilgi qarori bilan Graf mulki va unvoni meros tariqasida o’tadigan bo’ldi. Feodal tarqoqlik davrida Graf graflik egasi hisoblangan. Keyinchalik oliy dvoryanlik unvoniga aylangan.