Grammatika

Grammatika (Yun. grammatike, gramma so’zidan — harf, yozish) — til- shunoslikning tilning grammatik tu- zilishini, ya’ni so’zlarning shaklga ega bo’lish qonuniyatlarini, shuningdek, so’z birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limi. G. 2 qismdan — morfologiya va sintak- sisdan iborat. Morfologiyada so’zning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, so’z shakllari, sintaksis- da esa so’z shakllarining gap tarkibida o’zaro birikish yo’llari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turla- ri bayon qilinadi. Demak, G.da so’z shak- li, grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning Kate- goriyalari haqidagi tushunchalar marka- ziy o’rinni egallaydi. Tilda o’zining doimiy ifodalovchisiga ega bo’lgan, so’z shakli va gapga xos umumlashgan ma’- no grammatik ma’no sanaladi. Ma’lum grammatik ma’noni ifodalash uchun xiz- mat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllar- ni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida gram- matik shakl deganda, ma’lum grammatik ma’noning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomoni- ni — shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kel- gan umumiylik, deyilsa mantiqan to’g’ri bo’lmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, o’z navbatida, shakl va mazmun munosaba- tidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun gram- mema atamasidan foydalanmoqdalar. Grammatik birliklarni grammatik ka- tegoriyalarga birlashtirishda shu ka- tegoriyaga xos umumlashgan ma’no asos bo’lib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan ma’no mazkur katego- riyaga Birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu b-n birgalikda ka- tegoriya doirasidagi har bir gramme- maning boshqasidan farq qiladigan ma’nosi ham bor. Ana shu ma’nolar ka- tegoriya unsurlarining o’zaro zidlani- shida asos bo’lib xizmat kiladi. Shun- Day kilib, kategoriya ma’nosi b-n Kate- goriya tarkibidagi grammema ma’nosi o’rtasida tur-jins munosabati mavjud. G. ma’lum til qurilishini qanday o’rganishiga ko’ra, amaliy g. va nazariy G.ga bo’linadi. Amaliy G. muayyan bir tilda gapning to’g’ri qurilishi uchun zarur bo’lgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, o’z navbatida, 2 turga bo’linadi: tavsifiy va me’yoriy g. Tav- sifiy g. til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish b-n cheklanadi. Me’yoriy G. esa til faktlarining til me’yoriga munosabatini, ma’lum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning to’g’ri yoki noto’g’ri qo’llanganini o’rganadi. Amaliy G.dan farqdi ravishda, naza- riy g. til qurilishini tavsiflash b-n birga, til qurilishidagi birliklar- ning o’zaro munosabatini o’rganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi o’rni, qiymati bel- gilanadi. Nazariy G.da til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda beril- gan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy g. umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasini o’zida namoyon etuvchi til — nutq zidlanishiga asoslanadi. Grammatik birliklar tadqiqotchi to- monidan qaysi tomondan o’rganilishiga ko’ra, g. faol, nofaol turlarga bo’linadi. Shakldan ma’noga qarab tadqiq qilish usuli — semasiologiya usulidir. Bu usulda ma’lum grammatik shakl qanday ma’no ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birli- klarni o’rganish nofaol g. sanaladi. AK- sincha, mazmundan shaklga tamoyili b-n ish ko’ruvchi g. faol g. hisoblanadi. Faol G.da u yoki bu mazmun qanday yo’llar b-n moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi. Xuddi shu yo’nalish b-n bog’liq ravish- da g. mazmuniy (mental), shakliy (for- mal) va vazifaviy (funktsional) g.larga bo’linadi. Mazmuniy G. Mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Ob’- ektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan ob’ektiv olam unsur- lari umumlashgan obrazlarning tilda qanday o’z ifodasini topishini mazmu- niy g. o’rganadi. Shakliy G. esa sema- siologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish ko’radi. Gramma- tik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni o’rganish jara- yonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning e’tiborga olinishi shart emasligi ta’kidlanadi. Funktsional G. da asosiy e’tibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday G.larda lisoniy bir- likning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funktsiya) dialektik birlikda olinadi. G. muammolari dastlab qad. Hindistonda (tilshunos Paninining g.ga oid trakta- tida, mil. AV. 5-4-a.lar), keyinroq Yuno- nistonda (Aristotel, mil. AV. 4-a., yunon tilshunosi Apollon Diskol, mil. AV. 2-a. va b.ning asarlarida) ishlangan. Yunon grammatik an’analari lotin tilini o’rganish jarayonida rivojlanib borgan. O’zbekistonda G.ni o’rganish tarixi Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asariga borib taqaladi. Bu ja- rayon o’rta asrlardagi lug’atshunoslik taraqqiyotida ham o’z aksini topgan (Toli Imoniy Hiraviyning “Badoe ul-lug’at” asari, 15-a.; “Abushqa” nom- li chig’atoycha-turkcha lug’at, 16-a. va b.). Hoz. o’zbek tili g.si Evropa g.si asosida yaratilgan. Bu jarayon 19-a.ning 2-yarmi- dan boshlangan. Dastlab rus turkshuno- si M. A. Terentev “Turk, fors, qirg’iz (qozoq) va o’zbek tillarining gramma- tikasi” (1875) kitobini yozib, Sankt- Peterburgda nashr ettirgan. Bu kitob mahalliy tilni o’rganmoqchi bo’lgan ru- siyzabon kishilarga mo’ljallangan edi. O’zbek tilining izchil ilmiy g.sini yaratishni 20-a.ning 20-y.larida Fitrat, G’ozi Yunus, Shorasul Zunnun va b. bosh- lab berdilar. Keyinchalik bu sohada A. G’ulomov, G’. Abdurahmonov, A. Hojiev, Sh. Rahmatullaev, Sh. Shoabdurahmonov, S. Usmonov, B. O’rinboev va b. til- shunos olimlar katta ishlarni amal- ga oshirdilar (yana q. Tilshunoslik). Ad.: Espersen O., Filosofiya gramma- tiki, M., 1958; O’zbek tili grammati- kasi, T., I, II j., 1975, 1981; Sodiqov A. va b., Tilshunoslikka kirish, T., 1981; Hojiev A., Lingvistik terminlarning izoqli lug’ati T., 1985; Sh OAB D u r ahm o n o v Sh., Hojiev A. va b., Hozirgi o’zbek adabiy tili, T., 1980; Mahmudov N., Nurmonov A., O’zbek tilining naza- riy grammatikasi, T., 1995; Nurmonov A., Shahobiddinova Sh.vab., O’zbek ti- lining nazariy grammatikasi, T., 2001. Abduhamid Nurmonov, Nemat Mahkamov.