Greklar

Greklar (o’zlarini ellines deb atay- dilar) — xalq, Gresiya va Kiprning aso- siy aholisi. Umumiy soni 12,5 mln. Kishi (1990-y.lar o’rtalari). Jumladan Gresiya- da 9,7 mln. kishi, Kiprda 570 ming kishi, AKShda 550 ming kishi, Germaniyada 300 ming kishi, Kanadada 150 ming kishi, RFda 92 ming kishi va b. Grek (yangi grek) tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan pravoslavlar. Evropeoid irqiga mansub. G. ko’p aerlik tarixga ega xalq (q. Yuno- niston). Qad. grek elati mil. AV. 2-ming yillikning boshlarida Bolqon ya. o.ga qad. grek qabilalari — axeylar va io- niylar, mil. AV. 12-a.da esa — doriylar ko’chib kelib, mahalliy tub aholi (pela- SGlar va b.) b-n qo’shilib ketishi natija- sida shakllana boshlagan. Grek koloniza- tsiyasi davrida (mil. AV. 8-6-a.lar) ular o’zlarini “ellinlar” deb atay boshlagan- lar. O’rta asrlarda ellinlar negizida va valaxlar, slavyanlar (6-7-a.lar), al- banlar (13— 15-a.lar) ishtirokida yangi grek xalqi shakllandi. G. dehqonchilikda asosan uzum, tamaki, zaytun, tsitrus mevalari, g’allachilik, tog’lik tuman- larda chorvachilik, dengiz bo’ylarida baliqchilik b-n shug’ullanadilar. Ku- Star hunarmandchilik (gilam to’qish, zardo’zlik, yog’och o’ymakorligi, kulolchi- lik) rivojlangan. G.ning katta qismi sanoat, savdo va transportda band. G.ning tarixi, iqtisodi va madaniyati haqida Gresiya maqolasiga qarang.