Grenada

Grenada (Grenada) — Karib den- gizidagi Grenada o. va Grenadina o.lari Jan. qismidagi davlat. Mayd. 344,5 km2. Aholisi 98,9 ming kishi (1999). Poytaxti — Sent-Jorjes sh. Ma’- muriy jihatdan 7 tumanga bo’lingan. Davlat tuzumi. G. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibida mustaqil davlat. 1974 y. Konstitusiya- siga muvofiq davlat boshlig’i Buyuk bri- Taniya qirolichasi. Qirolicha nomidan general-gubernator ish ko’radi. Qonun chiqaruvchi organ ikki palatali (Senat va vakillar palatasi) parlamentdir. Ijro- iya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat amalga oshiradi. Parlament say- lovida ko’pchilik ovoz olgan partiyaning rahbari bosh vazir etib tayinlanadi. Tabiati. G. orollari vulkanlardan hosil bo’lgan. Hozir ham bu erda bir necha vul- Kan cho’qqilari bor (eng baland nuqtasi 840 m). Iqlimi — subekvatorial, dengiz iqlimi. O’rtacha yillik t-ra 26° atro- fida, yillik yogin 1500 mm dan oshadi. Sernam tropik o’rmonlari doimo yashil. Aholisining 50% dan ko’prog’i neg- rlar, 40% duragaylar; indeyslar va evropaliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar — aso- san xristian. Shahar aholisi — 32%. Tarixi. Orolni 1498 y. X. Kolumb kashf etgan. 1650 y.dan Frantsiya egallagan. 1783 y. Versal sulh shartnomasiga bi- noan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1967 y.da Buyuk Britaniya uni “Buyuk Britaniya b-n Birlashgan davlat” deb e’lon qildi. 1974 y. Fev.da mustaqillikka eritshdi. Shu yildan g. — BMT a’zosi. Milliy bay- ramlari — 7 Fev. — Mustaqillik kuni (1974), 13 mart — inqilob kuni (1979). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Milliy partiya, 1989 y.da tuzilgan; Milliy demokratik Kongress partiyasi, 1987 y.da asos solingan; yangi milliy partiya, 1984 y.da tuzilgan; g. birlash- gan leyboristlar partiyasi, 1950 y.da asos solingan; Moris Bishop nomida- gi vatanparvarlik harakati partiya- si, 1984 y.da tuzilgan. G. kasaba uyush- malari kengashi 1955 y.da tuzilgan. Xo’jaligi. Iqtisodiyotining asosi- ni q. x. tashkil etadi. Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 15,5%, sa- noatning ulushi — 6%. Asosan banan, kakao, kokos yong’og’i, muskat yong’og’i (jahonda 2-o’rin), paxta, tsitrus me- valar, shakarkamish etishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, cho’chqa boqiladi; baliq ovlash, o’rmonchilik ham rivojlangan. Sanoatida q. x. mahsulotlarini qayta ishlab, yog’, rom, pivo, alkogolsiz ichim- liklar, shuningdek, mebel, kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichik korxonalar bor. Yiliga o’rtacha 51 mln. kVt-soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Xo- rijiy sayyohlar mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega. T. y. yo’q. Aso- siy dengiz porti va xalqaro aeroporti — Sent-Jorjes sh. Chetga muskat yong’og’i, banan, kakao chiqaradi; chetdan oziq- ovqat va sanoat mollari, transport vo- sitalari, yoqilg’i, mashina, asbob-uskuna, ma’danli o’g’it, kiyim-kechak va b. kelti- riladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijoz- lari: AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Pul birligi — Sharqiy Karib dollari. Maorifi. G. maorifi inglizcha tizim ta’sirida tarkib topgan. 6-14 yoshli bo- lalar uchun majburiy bepul ta’lim jo- riy etilgan. Xususiy maktablar ham bor. Boshlang’ich maktabda ham, o’rta maktabda ham o’qish muddati — 7 y. Hunar-texnika va ped. bilim yurtlari bor. G.da Vest- Indiya un-tining 1 ta f-ti joylashgan. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. G.da ingliz tilida “ga- vernment gazett” (“hukumat gazetasi”), “Grenada Gardian” (“Grenada posbo- ni”), “Grenadian voys” (“Grenada ovo- zi”) haftalik gaz.lari chiqadi. “Grenada brodkasting netuork” radioeshittirish xizmati 1972 y.da tuzilgan, “Grenada brodkasting Korporeyshn Televiji” teleko’rsatuv xizmati mavjud.