Gripp

Gripp (Frans.grippe), Inflyuentsa — keng tarqalgan o’tkir yuqumli kasal- lik. Yaqqol intoksikasiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. G.ni viruslar qo’zg’atadi; ular- ning A, A,, A2, V, S turlari ma’lum. VI- ruslar vaqt-vaqti b-n antigen tuzilishi- ni o’zgartirib turadi. Jumladan, A tu- rining o’zida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. O’zbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, V turi uchraydi. G. VI- ruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan so’ng yuqish ehtimoli yo’qoladi, quyosh nuri ta’sirida tez no- bud bo’ladi. Past haroratda, ayniqsa xavo harorati 0° dan past bo’lganda VI- rus uzoq saqlanadi. Shu sababli g. ka- salligi sovuq mavsumda ko’proq kuza- tiladi. Dezinfektsiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) ta’si- rida viruslar tez nobud bo’ladi. Isiriq tutuni ham g. viruslarini o’ldiradi. G. butun dunyoga tarqalgan, har 2 — 3 y.da g. epidemiyasi qayd etiladi. Infektsiya man- Bai bemor, u aksirganida, yo’talganida, gaplashganila virus havo zarrachalari va so’lak tomchilari b-n atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa kasallikning dast- labki kunlarida virus bemor organiz- midan ko’plab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yo’llari orqali tushadi. Aholining barcha tabaqalari (bola- lar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli xastaliklar- ga chalingan odamlarga g. tez yuqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odam- larda kasallik kam kuzatiladi. Kasallikning yashirin (inkubasion) dav- ri juda qisqa — bir necha so-atdan 1 — 2 kungacha. Kasallik to’satdan boshlanadi. Sog’lom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi, lohas bo’ladi, harorati ko’tarila boshlaydi. Oradan 1 — 2 soat o’tgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon bo’ladi. Isitma qisqa vaqt ichida 39 — 40° gacha ko’tariladi, bemor jun- jikib, sovqotadi, qaltiraydi. Harorat ko’tarilib bo’lgach, bemorning badani qiziydi, betoqat bo’ladi. A’zoi bada- ni, boshi, qo’l-oyoq muskullari zirqirab og’riydi. Ayniqsa, peshona va chakka sohasida og’riq kuchli bo’ladi. Ba’zan be- Morning boshi aylanib, ko’zi tinadi. Ko’z yoshlanadi, qizarib ketadi, ko’z soqqasida og’riq bo’ladi. Burun “bitib” qoladi, na- fas olish qiyinlashadi, tomog’i og’riydi, og’zi qaqraydi, quruq yo’tal paydo bo’ladi. G. engil, o’rtacha va juda og’ir o’tadi. Ka- sallik og’irroq kechganda ko’ngil ayni- shi, qusish, burun qonashi ham mumkin. G. keksalar va bolalarda ancha og’ir ke- chadi, organizmda ilgaridan mavjud bo’lgan surunkali kasalliklar, odat- da, zo’rayadi, ba’zan boshqa kasalliklar — zotiljam qo’shiladi. G.dan keyin o’pka shamollashi, buyrak, miya parda- lari nerv tugunlari va tolalarining yallig’lanishi kabi asoratlar kuzatiladi. Davolash. G. b-n og’rigan bemorni ka- salxonaga yotqizish shart emas, uyda alohida xonada yotgani ma’qul. Faqat kasallik og’ir kechgan hollarda bemor kasalxonaga yotqiziladi. Kasallik- ning og’ir-engil o’tishidan qat’i na- zar, bemor yotishi lozim. Viruslarga ta’sir etuvchi remantadin, interferon kabi dorilar faqat dastlabki kunlar- da qo’llanilsa yaxshi naf beradi. Shir- choy, limonli murabbo (ayniqsa malina, smorodinali), qatiq, qoqurum ichib ter- lash bemor ahvolini yaxshilaydi. Vrach tavsiyasi b-n og’riq qoldiruvchi dori- lar va antibiotiklar tavsiya etiladi; Oldini olish. G. tarqalish ehtimoli bo’lgan kezlari maxsus profilakti- ka maqsadida g. vaktsinasi b-n emlash o’tkaziladi. Asosan bolalar va keksa yoshdagilar emlanadi; vaktsina burun- ga tomiziladi. G.ga qarshi gammaglobu- Lin qilinadi. Burunga profilaktika maqsadida interferon tomizib turish, oksolin moyi surtish, bemor bor xonada isiriq tutatib turish maqsadga muvofiq. Hayvonlarda G.ni Orthmyxo-duridae oilasiga mansub viruslar qo’zg’atadi. Cho’chqalar, otlar, qoramol va parrandalar kasallanadi. Otlarda G. qisqa muddat- li isitma, qaltirash, ko’zdan yosh oqishi, yuqori nafas yo’llari Katari b-n bosh- lanadi, quruq yo’tal tutadi. Kasallikda laringotraxeit, bronxit, og’ir hollarda pnevmoniya kuzatiladi. Qoramollarda kasallik o’tkir kechadi, tana harorati ko’tariladi, kon’yunktivit, rinit yuz beradi, ishtaha yo’qolishi mumkin. Par- randalarda g. (parrandalar o’lati) epi- zootiya ko’rinishida kechadi, nafas va hazm a’zolari shikastlanadi. G. uy par- randalarining hamma turida uchraydi. Oldini olish: parranda, otlar maxsus vaktsinalar b-n emlanadi, veterina- riya-sanitariya tadbirlari ko’riladi. L.Shovahobov Sh. Sh., Yuqumli kasalli- klar va epidemiologiya asoslari, T., 1997. Shonosir Shovahoboe.