GRIVS JON

GRIVS JON (1602 – 1652) – ingliz astronomi. Oksford (Angliya) universiteti prof. Yevropada birinchi bo’lib “Ulug’bek Ziji”ni tekshirgan. Unda berilgan yulduzlar jadvalidagi 98 yulduzning vaziyatini o’z ichiga olgan birinchi ishi lotin tilida Oksfordda (1648) e’lon qilingan. Shu yili Londonda geografik jadvallar, ikki yildan keyin esa xronologiyasi bosildi. Bu ikkala ishi “Ulug’bek Ziji” asosida yozilgan. Grivs jon asarlari 15-asr Samarqand olimlari ishlarini o’rganish va yoyishga G’arb olimlari diqqatini jalb etdi.