Guanchjou, Kanton

Guanchjou, Kanton – Xitoyning Jan.dagi shahar va port, Jan. Xitoy den- gizidan po km, Chjuszyan (Marvarid) da- ryosining deltasida joylashadi. Guan- dun provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi chamasida (1998), aksariyati Xitoy (Xan)lar. G. Xitoyning ko’hna shaharlaridan. Ilk bor mil. AV. 3-a.da Fanyuy nomi b-n tilga olingan. G. Jan. Xitoyning muhim iqtisodiy markazlaridan. Qadimdan tashqi savdo porti bo’lib kelgan. Yuk ortish va tushi- rish bo’yicha mamlakatda 3-o’rinda turadi (yiliga 15 mln. t). T. y. tuguni, xalqaro aeroport bor. Sanoat tarmoqlaridan to’qimachilik (asosan ipak, ip va jut gazlama i. ch.), oziq-ovqat, umumiy mashi- nasozlik, kora metallurgiya, qog’oz, kimyo, qurilish materiallari sanoati rivoj- langan. Badiiy hunarmandchilik buyum- lari eksport qilinadi. G.da bir necha oliy o’quv yurtlari, jumladan Sun Yat- sen nomidagi un-t (1924), tibbiyot, ped., moliya-iqtisod in-tlari, botanika bog’i va b. bor.