“Guldursun”
“Guldursun” — o’zbek xalq ri- voyati. Guldursun qal’asi xarobala- ri tarixi b-n bog’liqholda yuzaga kel- gan. 1937 y.da S. P. Tolstov tomonidan yozib olingan. Rivoyatda 13-a.da Xorazm xalqining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan. Rivoyatga ko’ra, Guli- ston sh.ni mo’g’ullar uzoq vaqt qurshovda ololmay tutib turadi. Shaharda oziq- ovqat tugay deb qolganda, oqsoqollar maslahati b-n dushmanni chalg’itish re- jasi tuziladi. Himoyachilar so’nggi don- dunni bir necha sigirga edirib, ularni shahar tashqarisiga haydab yubori-shadi. Sigirlarni so’yib egan dushman ular- ning ichidan chiqqan bug’doyni ko’rib, hali shaharda oziq-ovqat ko’p ekan, de- gan xulosaga keladi va qaytib ketish harakatiga tushadi. Biroq, dushman lash- karboshisini qal’a devori tepasidan bir necha bor ko’rib, unga oshiq bo’lib qolgan shoh qizi Guldursun qal’adan tashqariga maktub chiqarib, dushman lash- karboshisini bu sirdan voqif qiladi. Mo’g’ullar shaharga qayta hujum qilib, uni vayron qiladilar. Lashkarboshi esa o’ziga peshvoz chiqqan Guldursunni, “o’z elingga vafo qilmading, menga vafo qilarmiding”, deya qatl ettiradi. “G.”da xorazmliklarning yovga qarshi kurash- dagi jasorati, yurt uchun mardonavor janglari, mehnatkash va tadbirkorli- gi ulug’langan, el-yurt xoiniga bo’lgan kuchli nafrat o’z ifodasini topgan. Ad.:Imomov K.. O’zbek xalq prozasi, T., 1981.