Guliston

Guliston (1923 y. va 1952-60 y.larda shahar, so’ngra shaharchaga aylan- tirilgan, 1961 y. 8 maydan yana shahar) — Sirdaryoviloyatiyaagi shahar, viloyat- ning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzacho’lning Jan.-sharqida, 276 m balandlikda, “Do’stlik” kana- li sohilida. Toshkentdan 118 km. G.dan Toshkent—Xovos t.y. o’tgan. 1895 y.da endigina qurilayotgan Samarqand—tosh- kent t.y. yoqasida hoz. G. o’rnida dastlab- ki uylar qad ko’targan edi. Keyinchalik u erda ikkita qishloq paydo bo’lib, ularning birlashishidan Mirzacho’l sh. (1961 y.dan g. deb atalgan) vujudga kel- Di. Yiliga o’rtacha 295-300 mm yog’in yog’adi, yanv.ning o’rtacha t-rasi -2,5°, minimum t-pa -35°, iyulning o’rtacha t-rasi 28°, maksimum t-ra 45°. Aholisi 55,3 ming kishi (2000), asosan o’zbeklar; shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Sanoati paxta tozalash zdi, paxta Pun- kti, elevator, sut, yog’-ekstraktsiya, non z-dlari, yaxna ichimliklar korxonasi, q.x. mashinalari va avtomashinalar- ni ta’mirlash ustaxonalari, qurilish materiallari k-ti, bosmaxona, mai- shiy xizmat ko’rsatish k-ti, “Turki- ston” qandolatchilik qo’shma korxona- laridan iborat. Dori-darmon ishlab chiqariladigan “Lichava-Farmsanoat” O’zbekiston—Chexiya qo’shma korxonasi qurildi. G.da Guliston universiteti, tibbiyot kolleji, kasb-hunar va san’- at bilim yurtlari, qurilish kolleji, 9 umumiy ta’lim maktabi, Sirdaryo teatri, kutubxona, pochta, telefon st-yasi bor. Poliklinika, viloyat Markaziy kasalxo- nasi xizmat ko’rsatmoqda. O’n mingtomo- shabinga mo’ljallangan stadion mavjud. Shaharda ko’p qavatli turar joylar, ja- moat binolari, jumladan “nikoh sa- royi”, suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan “Guliston” choyxonasi, akade- mik lisey, qo’g’irchoq teatri binolari va b. bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri o’tgan. VI- loyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.