“GULISTON YOG’EKSTRAKTSIYA” AKTSIYADORLIK JAMIYATI

“GULISTON YOG’EKSTRAKTSIYA” AKTSIYADORLIK JAMIYATI – O’zbekistan oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. Guliston sh.da joy- lashgan. “Yog’moytamakisanoat” uyushma- si tarkibiga kiradi. Asosan o’simlik moyi, chigit shulxasi, chigit va soya shro- ti, xo’jalik sovuni, yuvish vositalari ishlab chiqaradi. Loyiha quvvatiga ko’ra sutkasiga 900 t paxta chigiti, 600 t soya dukkagini qayta ishlaydi. 1980 y. may oyida Guliston yog’-ekstraktsiya zdi nomi b-n ishga tushirilgan. 1994 y.dan xrz. nomda va ochiqturdagi aktsiyadorlik ja- miyati. 1983 y.dan forpress ekstraktsiyasi usulida paxta yog’i, gossipolsizlantiril- gan va oqsil b-n boyitilgan chigit shroti olish o’zlashtirildi. 1992 y.dan import orqali olinadigan soya dukkagidan soya moyi ishlab chiqariladi. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.