Gumid iqlim
Gumid iqlim (lot. Humidus — namlik) — yog’ingarchilik miqdori bug’lanishdan ortiq bo’lgan, namlik tuproqqa shimiladigan, ortiqcha suv ariqlar, daryolar tarzida chiqib ketadigan nam iqlim. Gumid iqlim o’rmon o’simliklarining rivojlanishi uchun juda qulay. Gumid iqlim quyidagilarga farqlanadi: 1) abadiy muzlik mavjud bo’lgan, grunt suviga to’yinish manbai bo’lmagan qutbiy Gumid iqlim; 2) yog’inlar tuproqqa qisman shimiladigan, grunt suvi mavjud bo’lgan va grunt suviga to’yinish manbaiga ega freatik Gumid iqlim.