G’UNCHA
G’UNCHA — o’simliklarning gul kurtagi, yozilganda gulga aylanadi. G’uncha o’simliklarning oddiy barg kurtagidan yirikligi va uchining to’mtoqligi bilan farq qiladi. G’unchada gulning barcha qismlari shakllangan. Barg qo’ltig’idan hosil bo’lgan G’uncha (gul bo’rtmasi) o’sib rivojlanib, to yozilguncha o’tgan davr g’unchalash davri deb ataladi. Bu davr o’simlik turiga xos asosiy belgi hisoblanadi. Xalq orasida ishlatib kelinayotgan (ayrim o’simliklarga nisbatan) shona so’zi ham aslida g’uncha mazmunini beradi, shuning uchun g’unchalash davri shonalash davri deb ham yuritiladi.
“G’UNCHA” — boshlang’ich sinf o’quvchilariga mo’ljallangan jurnal. muassisi: O’zbekiston Respublikasi xatq ta’limi vazirligi, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati. 1958 yil yanv.dan nashr etiladi. G’afur G’ulom tashabbusi bilan “G’uncha”deb atalgan. Jurnal 4 xil rangli bo’lib, uning sahifalarida bolalar ijodi, talantli va taniqli yoshlar va kichkintoy sportchilar hayotidan hikoyalar, jahon bolalar yozuvchilari ijodidan namunalar ham berib boriladi, o’zbek ijodkorlarining kichkintoylarga atalgan asarlari bosiladi. Bundan tashqari, “G’uncha”sahifalarida bolalar uchun turli top-shiriqlar, boshqotirmalar berib turiladi, tanlovlar o’tkaziladi. Jurnal muharrirlari: A.Irisov, S.Yunusov, A.Bo’riboev, Ya.Sa’dullaeva. 1999 yildan Yo.Rahimova. Adadi 91031 (2005).