Gvardiya
Gvardiya (ital. — guardia) — harbiy qushinning saralangan imtiyozli qismi. G. dastlab, Italiyada 12-a.da pay- do bo’lib, davlat bayrog’ini qo’riqlovchi sara askariy qism (karochchio)ni anglat- gan. Muntazam qo’shinlar (asosan yollan- ma askarlardan tuzilgan) vujudga keli- shi b-n ichki (hukmdorni qo’riqlovchi) va tashqi (jangovar maqsadlarda) harbiy qismga bo’linib, boshqa qismlarga nis- batan qurol-yarog’i, kiy-imi va ta’limi yaxshi bo’lgan. Keyinchalik Frantsiya (15-a. boshi), Angliya, Shvesiya, Rossiya, Prussiya (17-a.) va b. mamlakatlarda paydo bo’lgan. Rossiyada G. (leyb-g.) 17-a. 90-y.larida Pyotr I tomonidan tuzilgan (1918 y. be- kor qilingan). 2-jahon urushi yillari (1939-45) sovet qurolli kuchlarining janglarda o’rnak ko’rsatgan qismlari, kemalari, qo’shilma va birlashmalari- ga g. unvoni berilgan. G. mazmunidagi askariy qism O’rta Osiyo xalqlarida ham qadimdan mavjud bo’lgan. Mas, So- moniylar davralg turk g’ulomlaridan ibo-rat qism, Chingizxon va Amir Temur qo’shinida bahodirlar qismi. O’zR Vazir- lar Mahkamasining 1992 y. 23 yanv. Dagi qaroriga binoan respublika Qurolli Kuchlariningtarkibiy qismi — milliy gvardiya tuzilgan.