GYUYGENS – FRENEL PRINTSIPI
GYUYGENS – FRENEL PRINTSIPI — to’lqin optikasining aso- siy printsipi; to’lqinlar (yorug’lik to’lqinlari)ning tarqalishi haqidagi masalalarni echish usuli. X. Gyuygens printsipiga (1690) asosan fazoning tarqalayotgan to’lqin etib borgan har bir nuqtasi ayni shu paytda elementar sferik to’lqinlar manbai deb qaraladi. Bu elementar to’lqinlarni tutashti- ruvchi urinma egri chiziq to’lqinning yangi fronti hisoblanadi. Bu printsip to’lqinlarning tarqalishini aniqlaydi, lekin difraktsiya hodisasini tushunti- rib bera olmaydi. Bu kamchilikni o. J. Frenel 1818 y.da bartaraf qildi. U to’lqinlarning amplituda va fazalari- ni hisobga olib, Gyuygens printsipini elementar to’lqinlarning kogerentligi va interferentsiyasi to’g’risidagi tushun- cha b-n to’ldirdi. S sirt to’lqin fronti – ning ma’lum bir vaqtdagi tasviri bo’lsa, R nuqtadagi tebranishlarni aniqlash uchun S sirtning barcha elementlaridan R nuqtaga etib keluvchi tebranishlarni qo’shish kerak. AS elementidan R nuqtaga etib keluvchi tebranishlar amplitudasi shu element o’lchovlarining kattaligi- ga, g masofaga va a burchak kattaligiga bog’liq bo’ladi. Bu ikki printsip bir- galikda g.— F. p. deyiladi. G.— F. p.ni g. R. Kirxgof 1882 y.da matematik jihatdan asoslab berdi. G.— F. p. op- tikaning asosiy printsiplaridan biri; uning yordamida difraktsiya hodisasi b-n bog’liq ko’pgina masalalar hal qilinadi.