Habib Po‘latov (1920-1989)
Habib Po‘latov 1920 yilning 20 fevralida Toshkentning hozirgi Qatortol dahasida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Bo‘lajak yozuvchi Toshkent pedbilim yurtini bitirib, 1940 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘qituvchilar tayyorlash bir yillik kursiga kirib o‘qiydi. Toshkent va Qashqadaryo viloyati maktablarida muallimlik qiladi. 1961 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotiga muharrirlikka ishga kiradi. Umrining oxirigacha mazkur nashriyotda muharrir sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Habib Po‘latov birinchi maqolasini 1939 yilda chop ettirgan bo‘lsa ham, ijod ahli safiga kirib kelishi 1954 yildan boshlandi.
Yoshlar gazetasida ishlab yurgan kezlari taniqli bolalar shoiri Quddus Muhammadiy bilan yaqindan tanishib qoladi. Uning rag‘bati bilan badiiy ijodga rag‘bat uyg‘onadi. H.Po‘latov bolalar uchun quyidagi kitoblarni chop ettirgan:
«Taka bilan qo‘chqor» (qissa) (1961), «Yo‘qolgan klyuch» (1963), «Tekin tomosha» (hikoyalar) (1964), «Yangi mehmon» (qissa) (1965), «Kichik sehrgar» (qissa) (1967), «Teshik qozon» (qissa) (1969), «Qo‘rqinchli tush» (hikoya va ertaklar) (1970), «To‘rt sarguzasht» (qissalar) (1973), «Malenkiy volshebnik» (povest i rasskaz) (1976 rus tilida), «Sehrgarning sarguzashtlari» (1981), «O‘g‘limning o‘rtoqlari» (qissa) (1982), «Udivitelnыe priklyucheniya» (1983 rus tilida).