Hamza al-Isfahoniy
Hamza al-Isfahoniy, Abu Abdulloh ibn al-Hasan (taxminan 893-961 va 971 yillar oralig’i) — Eron tarixchisi va adibi. Arab tilida ijod qilgan. 12 ta asaridan 3 tasi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Olimning “umumiy tarix” asarida Eron tarixiga oid noyob faktik materiallar jamlangan. Hamza al-Isfahoniy Arab manbalaridan tashqari, bizgacha yetib kelmagan o’rta fors manbasi “Xvadaynamak” va islomgacha Eronga oid boshqa yozma va og’zaki (zardushtiy kohinlari aytganlaridan yozib olingan) axborotlardan foydalangan. Asar 961 yilgacha voqealarni qamrab olgan.