Haqiqiy sonlar
Haqiqiy sonlar – har qanday musbat, manfiy son yoki nol. Haqiqiy sonlar to’plami raiional sonlar va irratsional sonlar to’plamining birlashmasidan iborat. Haqiqiy sonlar to’plami son o’qi deb ham ataladi va ya bilan belgilanadi. K chiziqli tartiblangan to’plam va, ko’paytirish, qo’shish amallariga nisbatan maydon tashkil qiladi. Ratsional sonlar K ning hamma yerida zich joylashgan. Haqiqiy sonlar to’plami bilan to’g’ri chiziq nuqtalari o’rtasida, tartiblanganlikni saqlagan holda, o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish mumkin. Haqiqiy sonlar to’plamining muhim xususiyatlaridan biri uning uzluksizligidir. Uzluksizlik printsipi turli shakllarda bayon qilinishi mumkin. Haqiqiy sonlar nazariyasi mat.ning muhim masalalaridan biri bo’lib, bu nazariya 19-asrning 2-yarmida Veyershtrass, R.Dedekind, G.Kantor tomonidan yaratilgan. Barcha fizik kattaliklarni o’lchash natijalari Haqiqiy sonlar bilan ifodalanadi.