Haqqush
Haqqush — qarqaralar oilasiga mansub qush. Janubiy Yevropa, Osiyo, Afrika, shimoliy va Janubiy Amerikada tarqalgan. O’zbekistonning Amudaryo va Sirdaryo vohalarida uchraydi. Tanasining uzunligi 60 santimetrga yaqin. Qanoti 26-30 santimetr; qora-oqish yoki kulrang, metalldek yaltiraydi. Yetuk Haqqushning boshida 3-4 ta uzun, ingichka patdan iborat kokili bor. Daryo, ko’l va boshqa suv havzalarining qirg’og’ida yashaydi. Asosan, tunda faol; koloniya bo’lib, daraxtlarga uya quradi. 4-5 ta tuxumni nari va modasi navbatlashib 21— 22 kun bosadi. Baliq, baqa, mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.