Hojibekov Uzeir Abdul Husayn o’g’li

Hojibekov Uzeir Abdul Husayn o’g’li (1885.17.9, Tog’li-Qorabog’dagi Shusha shahri yaqinidagi Agjabedi qishlog’i — 1948.23.11, Boku) — Ozarbayjon kompozitori, dramaturg, qashunos, pedagog, Xalq artisti (1938), Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi-akademik (1945). Ozarbayjonda zamonaviy professional musiqa san’ati va ta’limi asoschisi. Moskvada musiqa kursi (1911) va Peterburg konservatoriyasi (1914)da o’qigan. Ozarbayjonda musiqa maktabi (1922), konservatoriya (1938-48 yillar professor va direktori; 1949 yildan Hojibekov nomida), Ozarbayjon xalq cholg’u asboblari orkestri (1931), Ozarbayjon Davlat xori (1936) tashkilotchisi; 1945 yildan Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Ozarbayjon san’ati instituti direktori. Birinchi milliy operasi — “Layli va Majnun” (1907) bilan Ozarbayjon musiqasida mutmga asoslangan janr yo’nalishini boshlab bergan. U jami 7 opera “Rustam va Suhrob” (1910), “asli va karam” (1912) va boshqalar, 3 musiqali komediya |eng mashhuri “Arshin mol olon” (1913; filmi musiqasi uchun Davlat mukofoti, 1946) va boshqalar], 2 fantaziya, kantata, ommaviy qo’shiq, romanslar, Ozarbayjon Davlat gimni (1945), shuningdek, adabiy asarlar, “Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari” (1945) va boshqa kitoblar muallifi. “Ko’r o’g’li” qahramonlik operasi (1937; Davlat mukofoti, 1941) ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Hojibekov asarlari hayotiyligi, xalqchilligi, kuylarga boyligi, yorqin milliyligi, musiqiy vositalar ifodaviyligi bilan ajralib turadi. Ijodi o’zbek musiqali teatrining yuzaga kelishi va rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. O’zbekistonda Ozarbayjon san’atkorlari gastrollarida “u bo’lmasa, bu bo’lsin”, “Layli va majnun”, “Arshin mol olon” kabi asarlari namoyish qilingan. “Arshin mol olon” va “Layli va Majnun” asarlari 1920 yillardan boshlab dastlab Toshkent (“Turon”, “Sharq sahnasi”, “Kolizey” va boshqalar) teatrlarida, keyinchalik ko’pgina o’zbek musiqali teatrlarida qo’yildi (jumladan, O’zbek davlat musiqali teatri, 1929, 1937); “ko’r o’g’li” operasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1950-56). Hojibekovning uy-muzeylari Boku (1975 yildan) va Shusha (1965) da faoliyat ko’rsatadi. As: Osnovi Azerbaydjanskoy narodnoy muzmki, 3-izdanie, Baku, 1985.