Huquqbuzarlik
Huquqbuzarlik – huquq va muomala layoqatiga ega sub’yekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish. O’z xususiyatiga ko’ra, Huquqbuzarlik jinoyat, nojo’ya harakat, intizomni buzish shaklida bo’ladi. Ko’p hollarda Huquqbuzarlik qonunbuzarlik so’zi bilan bir xilda ishlatiladi. Fuqaroviy Huquqbuzarlik (shaxsga, fuqaro yoki tashkilotning mulkiga ziyon yetkazish), ma’muriy Huquqbuzarlik (masalan, mayda bezorilyk, yo’l harakati qoidasini buzish), intizomiy Huquqbuzarlik (nojo’ya harakat, masalan, ishga kelmaslik, kech qolish) farqlanadi. Huquqbuzarlikning eng xavfli ko’rinishi jinoyatdir. Huquqbuzarlik uchun qonunda tegishlicha fuqaroviy, ma’muriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik belgilangan.