Husayn Saraxsiy

Husayn Saraxsiy (16-17-asrlar) — tarixchi, mutasavvif. Jo’ybor xojalarining muridi bo’lgan. Husayn Saraxsiyning forscha “Manoqibi Sa’diya” (“Xoja Muhammad Sa’dning manoqiblari”) asari Jo’ybor xojalariga bag’ishlangan bo’lib, 7 bobdan iborat. Unda Muhammad Shayboniyxon vafotidan so’ng Movarounnahrdagi ichki vaziyat, qizilboshlilar xuruji, Shayboniy xonlari Ubaydullaxon, Abdullaxon II bilan viloyat hokimlari o’rtasidagi munosabatlar, Xoja Muhammad Islomning saltanatdagi mavqei keng aks etgan. Asar sharqshunos H.To’raev tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Manoqibi Sa’diya. Buxoro, 1997. Ad.:Ahmedov B., O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari. T., 2003.