IBN AL-BAYTOR
IBN AL-BAYTOR, Ziyouddin ibn Abdullo ibn Muhammad al-Maloqiy (? — 1248, Damashq) — o’rta asr botanigi (nabotiy), farmakologi. Nabotot ilmini o’rganib, Yunoniston va Misrga sayohat qilgan. Misr o’simlikshunoslari raisi qilib tayinlangan. Dorivor o’simliklar haqida Arab tilidagi “kitob ul-Mug’ni fil-adviyat il-mufrad” (“Nodir dorilar kitobi”) va “Al-Mufradot, aladviya val-ag’ziya” (“dorivor o’simliklar, dorilar va taomlar”) asarlari bizgacha yetib kelgan. Ularni yozishda Dioskarid, galen, Ibn Sino va boshqa olimlarning asarlaridan foydalangan. Jumladan, Ibn Sinoning “yurak dorilari” risolasidagi barcha oddiy dorilarni (65 ta) o’z asariga kiritgan, ba’zi oddiy yurak dorilarini Ibn Sino kashf etganligini yozadi.