IBN AL-MU’TAZZ
IBN AL-MU’TAZZ, Abulabbos Abdulloh ibn Muhammad (861.1.11 – Bag’dod – 908.19.2) – Arab shoiri, tilshunos. Abbosiy xalifalardan al-Mu’tazz ibn Mutavakkilning o’gli. Ibn al-Mu’tazz o’zining lirikasi bilan Arab she’riyatini rivojlantiradi, adabiyotga oid risolalar yozadi. U al-Mu’tazid xalifaligiga bag’ishlab masnaviy uslubida asar yozgan. “Kitob ul-adab” (“Xushfe’llik haqida kitob”, “Fusul ut-tamosil Fi taboshir is-surur” (“Shodlik tongini muqoyasa qilish darajalari”) kabi asarlari Arab adabiyoti tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. “Kitob ul-badi'” (“Yangi uslub haqida kitob”) asari yaqin Sharqda she’riyat haqidagi fanga asos bo’ldi.