IBN ASOKIR

IBN ASOKIR, Abulqosim Ali ibn al Hasan (1105—Damashq— 1176)— Arab tarixchisi, muhaddis, faqih va shoir. Iroq va Huroson bo’ylab kezib, u yerlardagi ulamolardan ta’lim olgan. So’ng Damashqqa qaytib, An-Nuriyya madrasasida mudarrislik qilgan. Tarix, hadis va fiqhga doir ko’plab asarlar yaratib, “Sadiqat uddiyn” (“din vafodori”) hamda “Nur uddiyn” (“din nuri”) kabi faxriy unvonlarga sazovor bo’lgan. Uning eng yirik asari “ta’rixu Madiynati Dimashq” (“Damashq shahri tarixi”) bo’lib, u ko’proq “ta’rixu ibn asokir” (“Ibn Asokir tarixi”) nomi bilan ma’lum. Shom (Suriya) va Damashq tarixi hamda shomlik mashhur kishilar tarixiga bag’ishlangan mazkur asar 80 jilddan iborat. Ibn Asokir hadis va fiqh ilmiga oid asarlar ham yozgan.