IBN YAMIN FARYUMODIY
IBN YAMIN FARYUMODIY (1286, Huroson, Faryumod qishlog’i — 1368) — shoir. Otasi Amir Yaminiddin tug’royi ham shoir bo’lgan. Ibn Yamin Faryumodiy Hurosonda mo’g’ul hukmronligi va ichki zulmga qarshi yuzaga kelgan sarbadorlar harakatiga (14- asr) qo’shilgan, mamlakatdagi dehqonlar, kosib va hunarmandlarning kayfiyatlarini aks ettiruvchi jangovar she’rlar yaratgan, qo’zg’olonchilarni zulmga qarshi kurashga chorlagan. Qit’a, g’azal va ruboiylarda mehnat kishisini ulug’lagan, mamlakatda tinchlik va obodonchilikni, do’stlik va ilm-ma’rifatni targ’ib qilgan, ilg’or g’oyalarni ilgari surib, Sharq she’riyatining taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan. Qit’alarini to’plab “Devoni muqattaot” (“qit’alar devoni”) ni tuzgan.