Ichak tutilishi

Ichak tutilishi – ichak harakat faoliyatining keskin buzilishi b-n ifo- dalanadigan og’ir kasallik. Ichakning to’la yoki qisman tutilishi, shuningdek, kechishiga ko’ra, o’tkir (ichakdan ovqatning surilmay birdan turib qolishi) yoki Su- runkali (ovqat massa-sining oz-ozdan, bora-bora butkul o’tmay qolishi) I.t. farq qilinadi. I.t.ning dinamik va mexanik xili bor. Dinamik I.t. ichak harakatining buzilishi, ba’zan ichak peristaltikasining to’xtashi sabab- li (paralitik shakli), ba’zan ichakning tortishib qisqarishi (spazm) tufayli ro’y beradi. Chandiqlar, o’sma, poliplar, o’t yo’lidan ichakka tushgan toshlar, ichak- ka tushgan yot jismlar, yon a’zolardagi o’smalarning ichakni siqib qo’yishi va b. mexanik I.t.ga sabab bo’ladi. Uzoq vakt och yurib haddan ziyod ko’p ovqat eyish, ichak shilliq qavatidagi yallig’lanish jarayon- lari (kolit, enterokolit), shuningdek, ichak peristaltikasini quchaitiradigan dizenteriya, ichakning buralib bir- biriga kirib qolishi va h.k. ham I. t.ga olib kelishi mumkin. Qorin sohasida qattiq og’riq turishi, ichak peristalti- kasining kuchayishi, qayt qilish, qorin dam bo’lib ich kelmay qolishi, qon bosi- Mining pasa-yishi, puls tezlashishi va b. I.t. xos alomatlardir. Davo zudlik b-n jarrohlik usulini qo’llashdan iborat. Vrach kelgunga qadar o’z bilgicha issiq yoki turli dori-darmonlar qilish yaramay-Di, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.