ICHKI A’ZOLARNING PASTGA TUSHISHI, SPLANXNOPTOZ

ICHKI A’ZOLARNING PASTGA TUSHISHI, SPLANXNOPTOZ — qorin bo’shlig’idagi a’zolar: me’da, jigar, ichak, shuningdek, buyrak, bachadon va b.ning odatdagi o’rnidan ancha past tu- rishi. Tug’ma (qorin devori va chanoq tubi muskullari hamda ichki a’zolar- ni o’z o’rnida ushlab turadigan boylam- larning tug’ma sustligi) va orttiril- gan (og’ir yuk ko’tarish oqibatida mus- kullarning cho’zilishi va bo’shashishi, ayollarda tug’ruqsan keyin tez ozib, yog’ to’qimasining yo’qolishi) xili farq qilinadi. Irsiy moyillik ham qisman rol o’ynaydi. Me’da va ichak pastga tushganda bemor qornida og’irlik va og’riq sezadi, og’riq aksari tik turgan- da boshlanib, yotganda bosiladi, buyrak pastga tushganda bel sohasi og’riydi. Ko’pincha I.a.p.t.da tinka quriydi, qaysi a’zo pastga tushgan bo’lsa, o’sha a’zoning funktsiyasida o’zgarish, shuningdek, nerv regulyasiya-sining buzilishi va h.k. ku- zatiladi. I. a. p. t.ning oldini olish gigienik tartibga amal qilish, vaqtida maromida ovqatlanish, qabziyatga yo’l qo’ymaslik, muntazam badan tarbiya b-n shug’ullanishdan iborat. Davo, asosan, yuzaga kelgan o’zgarishlarga qarab tay- inlanadi. Davo gimnastikasi, fiziote- rapevtik muolajalar, bandaj taqish bu- yuriladi, zaruriyat bo’lganda jarrohlik usuli qo’llanadi.